Владелец Алина Число скачиваний: 428
BuxDU Kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi S.F.Abduraxmonov,
Kimyo kafedrasi o’qituvchisi E.A.Xudoyarova
Kimyo o’qitish uslubiyoti - kimyo kurslarining mazmunini va o’quvchilar tomonidan uni o'zlashtirishning qonuniyatlarini o’zida mujjasam etgan fan sifatida rivojlanib bormoqda. Kimyo o’qitish uslubiyotining fan sifatidagi mohiyati uning kimyo o’qitish jarayonining qonuniyatlarini o’rgatib berishidan iboratdir. Bu jarayonning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1. O’qitish maqsadlari. 2. O’qitish mazmuni. 3. O’qitish uslublari. 4. O’qitishning shakli va vositalari. 5.O’qituvchi va o’quvchilarning faoliyati.