pdf TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISН BOSQICHI VA CHORA-TADBIRLARI (BUXORO MINTAQASI MISOLIDA) Популярные

Владелец Число скачиваний: 393

Erkin Farmanov – BuxDU I-bosqich magistranti

(Buxoro, O’zbekiston)

Dunyo turizm sohasidagi o'sish O'zbekiston Respublikasi turizmidagi o'sishga ham ta'sir etdi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, O'zbekiston dunyo turizm bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi o'z o'rnini egallab kelmoqda. Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif qilinib, ularning davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko'rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi ob’yektlarga tashrif buyuriladi. Respublikamizda hammasi bo'lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg’ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko'ngilochar, sarguzasht, ov, dam olish – davolanish, tog’-chang’i va golf sporti bilan shug’ullanish turlari ham mavjud [1, 30-37].