Владелец Алина Число скачиваний: 369
Ismoilov Nortoji Kenjayevich
Qarshi DU katta o’qituvchisi (O’zbekiston)
Bolaning о‘quv maskanida muvaffaqiyatli о‘qishi kо‘p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bо‘lishi kerak. 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, kо‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pog‘onasining tо‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi xali о‘sishda davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga о‘rgatish xali barmoq muskullari tо‘liq rivojlanmaganlik sababli ularga ma’lum darajada zarar keltirishi yoki uni chiroyli yoza olmasligi, о‘z-о‘zidan bolani о‘ziga nisbatan ishonchini yoki о‘qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin.