folder Биологические науки

Документы

default EFIR MOYLARINI O’SIMLIKLARDAN AJRATISH VA ANALIZ QILISH USULLARI Популярные

Владелец Число скачиваний: 911

Eshchanova Aziza Karriyevna,

Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat universiteti

(Urganch, Uzbekistan)

Efir moylari uchuvchan organik birikmalarning, asosan terpenlar bilan ularning kislorodli hosilalarining ko’p komponentli aralashmalaridir. Efir moylari o’simlik dunyosida keng tarqalgan bo’lib ular o’simliklar tarkibida katta bo’lmagan miqdorda 0,01-1,0 % uchraydi lekin shuni aytish joizki tarkibida 10,0% va hatto 20-22% gacha saqlovchi o’simliklar uchraydi ( chinnigul g’unchasida). Ularni o’simliklar sintez qiladi va o’simliklarda erkin holda yoki glikozidlar holida bo’lib, ularning hidiga sabab bo’ladi. Efir moylari o’simliklarning alohida hujayralarida, bezchalarida, gullarida va boshqa organlarida to’planadi. O’simliklardagi efir moylari muayyan hidga ega, shu sababli bu hid har bir o’simlik turida o’ziga xos bo’ladi. Bu moylar rangsiz yoki biror rangli harakatchan moysimon uchuvchan suyuqliklar bo’lib, suvda erimaydi, spirtda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Efir moylarining eng muhim tarkibiy qismi terpenlar va ularning kislorodli hosilalaridir. Terpenlar tuzilishining asosida izopren-C5H8 molekulasi bo’ladi.