t.f.n. Tursunov N.N. Termiz Davlat Universiteti o’qituvchisi,
Toshov K.T. Termiz Davlat Universiteti o’qituvchisi,
Termiz Davlat Universiteti talabasi Husanov Abdumalik
Yurtimizda milliy o’zlikning tiklanishiga e’tibor berilmoqda.Zero, ajdodlarimizning tarixda ko’rsatgan buyuk xizmatlarini xolis o’rganish va targ’ib etish alohida ahamiyat kasb etadi. Sobiq Sovet davlati davrida faqat ,,Qizil imperiya’’ mafkurasiga xizmat qilgan muzeylar, endilikda milliy o’zlikni anglashga xizmat qilishi lozim. Buning bir qancha omillari mavjud: Birinchidan, mustamlakachilik yillarida ongimizdan o’chirib tashlangan milliy tuyg’ularni qayta tiklash; Ikkinchidan, milliy g’urur, milliy ongni yuksaltirish uchun unitilgan tariximizni qayta tiklash; Uchinchidan, ajdodlar hurmatini joyiga qo’yish, yosh avlodni ajdodlar nomi va merosi bilan faxrlanishga o’rgatish, milliy g’ururni yuksaltirish, buyuk an’analarning davomchisi etib tarbiyalash: