pdf EKOTURIZMNING RIVOJLANISHI-BUGUNNING ENG DOLZARB MUAMMOSI Популярные

Владелец Число скачиваний: 337

Abduvohidov Bozormurod Abduvohido’g’li, Almamatova Zebo Xudoyberdievna,

Qodirova Surayyo Qarshiboevna, Ravshanova Adolat Ravshanovna

O’zbekiston Respublikasi Jizzax shaxri

Mamlakatimiz sayyohlik sohasida ulkan salohiyatga ega.Davlatimiz rahbari rahnamoligida turizm sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizning fusunkor tabiati, boy tarixi va madaniyati, betakror qadriyat-u an’analari hamda muqaddas qadamjolari, noyob me’moriy obidalari va serfayz go‘shalari jahon sayyohlarini tobora o‘ziga rom etmoqda. Mamlakatimizda qaror topgan mustahkam tinchlik va barqarorlik, o‘zaro mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhiti, jahonga mashhur o‘zbekona mehmondo‘stlik, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari, yuksak sifatli xizmat ularning mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay imkoniyat yaratmoqda. Bu O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar safining muttasil kengayishi, ichki turizmning rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va aholi farovonligining oshishiga xizmat qilayotir.