pdf JIZZAX VILOYATINING EKOTURISTIK IMKONIYATLARI Популярные

Владелец Число скачиваний: 360

Abduvohidov Bozormrod Abduvohido’g’li,

Ubaydullaeva Aziza Abulbaseqizi

O’zbekiston Respublikasi Jizzaxshaxri

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so‘ng xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida tub islohatlar olib borilmoqda. Shu jumladan, turizmni rivojlantirishga ham davlat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o‘zining asarlarida va amaliy faoliyatida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy tarixiy merosimizni, qadamjolarni, qabrlarini va shu davrlarda qurilgan tarixiy obidalarni, hamda ular yashagan zaminni ko‘rish butun dunyo sayyohlarini azaliy orzusi ekanligini ta’kidlab kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtimizni turli xil o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami va yilning to‘rtala faslida ham maftunkor xushmanzara tabiatidan bahramand bo‘lishni istagan yurtdoshlarimiz hamda xorijiy sayyoxlarga qulay sharoit yaratmoqda.Dunyoda bugungi kunga kelib turizm barcha sohalari bilan birga tabiiy maskanlarga va qishloqlarga bo‘lgan sayohatlarga talab yanada oshganligi kuzatilmoqda.