pdf BOLA TARBIYASI SHAKLLANISHIDA OILADAGI PSIXOLOGIK MUHITNING ROLI Популярные

Владелец Число скачиваний: 460

Hasanova Gulnoz Qosimovna

Mavlonova Sitora Karimovna

Sharipova Madina Abdunabiyevna

Buxoro, O’zbekiston

Vatan taraqqiyoti va uning ravnaqi unib-o’sib kelayotgan yosh kelajak avlodning qo’lida ekan, ularni har tomonlama sog’lom, barkamol shaxs, yetuk mutaxassis, komil inson qilib tarbiyalash, albatta, dastlab oiladan boshlanadi. Manbalarda qaydqilinishicha, bola tarbiyasini ona qornidanoq boshlash darkor ekan. “Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobida keltirilishicha, bir kishi Abu Ali ibn Sino huzuriga kelib: