Владелец Алина Число скачиваний: 725
Зокиров Мухторали Турдалиевич, Набиева Сарвиноз
Фергана, Узбекистан
Biz bilamizki, insonning nutq faoliyati asosan axloqiy normalarga rioya qiladi. Axloqiy va madaniy jihatdan qo‘llanilishi ta’qiqlangan yoki noqulay deb topilgan so‘zlar o‘rniga boshqa so‘z va iboralarning qo‘llanishi evfemizmlar (grekcha euphemeo – “yaxshi, yumshoq gapiraman” ma’nosida) deb ataladi. Evfemizmlar narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi sifatida tilning tasviriy imkoniyatlari boyishi uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ijtimoiy-stilistik farqlanishlar (differensiatsiya) evfemizm turlari va ularning ifodalanish usullarida aks etadi.