pdf O‘ZBEKISTONDA MATBUOTNING PAYDO BO‘LISHI Популярные

Владелец Число скачиваний: 404

 Pirnazarova Sitora – magistrant

O‘zbekiston Respublikasi,

Qarshi davlat universiteti

Hozirgi kunda biz jadal sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda – globallashuv davrida yashamoqdamiz. Jamiyatning, fan-texnikaning taraqqiy etishi natijasida axborot texnologiyalarining rivojlanishi, davlatlararo iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning kengayishi hamda mustahkamlanishi, fuqarolarimiz hayotidagi ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy- siyosiy o‘zgarishlar va yangiliklar, eng avvalo, OAVlarida – matbuotda o‘z aksini topmoqda.