pdf YEVROPALIK OLIMLAR TOMONIDAN TURKISTON TARIXINI O’GANILISHI TARIXIDAN (XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA) Популярные

Владелец Число скачиваний: 412

Raxmatullayev Axadulla.

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti,

O’zbekiston Respublikasi.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston hududi dunyo jamoatchiligining asosiy diqqat markaziga aylanib qoldi. Bu davrda Turkiston nafaqat siyosiy doira vakillarining qiziqish maydoniga balki, keng ilm ahlining ham asosiy tadqiq etish maskaniga aylandi. Turkiston zamining boy tarixi va uning o’tmishi ufurib turgan binolari G’arb olimlarining diqqat e’tiborini o’ziga jalb etdi. Turkiston zaminini o’rganish dastlab tabbiy sohalarda boshlangan bo’lsa, keyinchalik uning etnografiyasi, arxeologiyasi va tarixiga nisbatan ham qiziqish kuchayib bordi.