Владелец Алина
Dilmonov Qudrat Baxtiyorovich,
Buxoro davlat universiteti o`qituvchisi, Buxoro, O`zbekiston
To’xsanov Bobir Zoyirovich
Buxoro davlat universiteti 3-1MX-13 guruh talabasi, Buxoro, O`zbekiston
Pul-bu umumiy ekvivalent sifatida qo’llanadigan unversal tovarning alohida turi bo’lib, boshqa barcha turdagi tovarlarning qiymati pul orqali ifodalanadi. Pul tovarni tovarga ayriboshlash, jamg’arish, qiymatni o’lchash funksiyalarni bajaruvchi noyob tovar sanaladi. Pul mutlaq likvidlikka ega bo’lgan tushuncha sanaladi. Pul odamlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik munosabatlari unda namoyon bo’ladi va shu orqali quriladi. Xarid qilinadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularning miqdori hamda shartnoma qilingan muddati va joyi, shartnoma bo’yicha kontragentlarni tanlashdagi chiqimlarni tejashga pullar yordamida erishiladi.