Владелец Алина
Раджабова Гулчирой
город Карши, республика Узбекистан
Fillip Larkin ijodi bilan tanishgan har bir kitobxon albatta uning vatan kuyini tarannum etgan ijod namunalari bilan tanishmasdan qolmaydi. Har bir shoirning o’z she’riy uslubi, yo’nalishi borligi hammamizga ma’lum Filip Larkin ijodi ham o’z uslubiga ega. Uning she’rlarini o’qigan inson dastavval bir fikrga, yana bir bor o’qigach esa ikkinchi bir ma’noni his qiladi. Nega shunday ekan bu bir murakkab uslub namunasimi, yoki shoir kitobxonni chuqur mulohaza qilishga chorlayaptimi bu bizga qorong’u. “ Shimol Kemasi ”, “ Daraxtlar”, “ Olis Ibodatxona ”, “ Mahzun Uy ” kabi she’rlarni mutolaa qilgan inson borki qaysidir ma’noda o’yga toladi.