pdf MAKTAB TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNI «O’ZBEK TILINING MA‘NODOSH SO’ZLAR O’QUV LUG’ATI» BILAN ISHLASHGA O‘RGATISH

Владелец

Shukurov Otabek, filologiya fanlari nomzodi,

Qarshi davlat universiteti katta o’qituvchisi;

Barchinoy Boymatova, magistr, Qarshi davlat universiteti

qoshidagi 1-akademik litsey o‘qituvchisi (O’zbekiston) 

Ona tili ta’limining bosh maqsadi og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasini shakllantirish hamda to‘g‘ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirishdan iborat ekan, shunga muvofiq yaratilgan joriy ona tili darsliklari mohiyati ham shu muammolarni hal qilishga qaratilgan. Bunda darsliklar mualliflari o‘qitishda ta’limning yangicha usullaridan foydalanishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lib, dars jarayonida o‘qituvchi emas, o‘quvchi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratishgan.