Владелец Алина
Suyunova Nasiba
Termiz davlat universiteti talabasi, Termiz, O’zbekiston
Bir xalq tili lug`at tarkibida boshqa bir tilga oid so`zlarning uchrashi - bu jamiyat hayotidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar tufayli yuz berishi yaxshi ma`lum. Bu hol dunyodagi barcha tillarga tegishli, hech bir til yo`qki bundan mustasno bo`lsin. Jumladan, hozirgi o`zbek tili lug`ati tarkibida ham forscha, arabcha so`zlar miqdori salmoqli qismni tashkil etadi. Bu masalaga o`tgan asr boshidayoq e`tibor qaratgan ma`rifatparvarlarimizdan M.Behbudiy tilimizdagi forscha, arabcha so`zlarning ba`zilari turkcha muqobili topilmaydigan darajada singib ketganligini ta`kidlagan edi.