pdf BA’ZI IKKI XONALI NATURAL SONLARNI OSON VA TEZ KO’PAYTIRISH

Владелец

Jo`rayeva Z.Q.

(Termiz, O`zbekiston)

Son matematikaning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Son tushunchasi ham jamiyat taraqqiyotining yuksalishi bilan rivojlanib borgan. Odamlar predmetlarni sanash tufayli sonlarning natural to’plamini hosil qildi: N={1;2;3;…;n;…}. Son tushunchasini kengaytirishning ijodkorlaridan biri L.Kroneker natural sonlar to’plamining ahamiyatini quyidagicha baholagan edi: «Natural sonlarni xudo bergan, qolganlarini insonning aql-zakovati yaratgan». Bu fikrdan oddiy tushunchalarni yaratgan inson murakkab tushuncha va bog’lanishlarni ham yaratadi, degan xulosa chiqadi.