pdf KOMPYUTERDA INTEGRALLARNI MATEMATIK PAKETLAR YORDAMIDA HISOBLASH Популярные

Владелец Число скачиваний: 440

Zayriyev Eldor Erkinovich

Ismoilova Mahsuma Narziqulovna

O'zbekiston, Buxoro

Hozirgi kunda, ilmiy sohalarda matematika muammolari ustida olib borilayotgan ilmiy-metodik izlanishlarni zamonaviy matematik tizimlar – MatLab, Maple, Mathematica, MathCad larsiz tasavvur etish qiyin. Maple kompyuterda analitik va sonli hisoblashlarni bajaruvchi, 2000 dan ko‘proq komandalarni o‘z ichiga olgan va algebra, geometriya, matematik analiz, differensial tenglamalar, diskret matematika, fizika, statistika, matematik fizika masalalarini dastur tuzmasdan yechish imkoniyatini beruvchi matematik tizim paketidir. O‘zining jiddiy matematik hisoblarga yo‘naltirilganligiga qaramasdan Maple tizimi talabalar, o‘qituvchiar, aspirantlar, ilmiy xodimlar va shuningdek maktab o‘quvchilari uchun ham qulay vositadir.