Владелец Алина Число скачиваний: 411
Eshmurodov Sherdil Ergashevich
Qashqadaryo VXTXQTMOI (O’zbekiston)
XXI asr kompyuter, axborot kommunikativ texnologiyalari asridir. Bu asrda har bir о‘qituvchi axborot texnologiya savodxonligiga ega bо‘lishi, davr texnikasi va uning ishlash texnologiyasidan xabardor bо‘lishi, о‘qitish jarayoniga texnika va axborot-kommunikativ texnologiyalarini qо‘llay olishi talab etiladi. Bu esa о‘z navbatida dars samaradorligini oshirishga, о‘qish-о‘qitish sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi didaktik hodisa hisobdanadi. Bundan tashqari kompyuter, yordamida olingan ma’lumotlar mashg‘ulot mazmunini boyitish bilan birga о‘qituvchining ilmiy-nazariy saviyasini oshirishga, savodxonligini kо‘tarishga yordam kо‘rsatadi, fanlararo integratsiya yо‘lga qо‘yiladi, о‘quv topshiriqlarining amaliy yо‘nalishi kuchaytiriladi, о‘qituvchining pedagogik mahorati takomillashadi.