pdf JADALLASHIB BORAYOTGAN BUGUNGI DAVRDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARINING О‘RNI Популярные

Владелец Число скачиваний: 342

Umarov Lutfullo Murodullayevich

Qashqadaryo VXTXQTMOI (O’zbekiston)

Bugungi faravon hayotimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va tinchligi, shaxs manfaatlarini rо‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini о‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida yoshlarni о‘qitish, ularning axborot madaniyatini rivojlantirish, mustaqil hayotga tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim shartidir.