Владелец Алина Число скачиваний: 427
Болтаева Шахноз,
Хамидов Мухаммадсодик
г.Бухара,Узбекистан
O’zbekistonda istiqlol yillarida mamlakat ta’lim tizimini tubdan isloh etish, xususan, oliy ta’lim tizimini qayta qurish, kadrlar tayyorlashning yangi milliy modelini yaratish, uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarini o’qitishni takomillashtirish,pedagogik jarayonni demokratlashtirish, uni erkinlashtirish va moderinizatsiya qilish, ta’lim tizimiga zamonaviy innovatsiyalar va pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo’yicha keng ko’lamdagi islohotlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan bunday islohotlarning eng asosiysi sifatida, ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari darajasiga ko’tarish, kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, har tomonlama sog’lom va barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi(1997-yi 29-avgustda)ning qabul qilinishini keltirish mumkin. Qonun va dastur talablarini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib belgilandi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar jahon miqyosida ham e’tirof etilmoqda.