pdf RESPUBLAMIZDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN INFORMATIKA O’QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA QAYTA TAYYORLOV O’QUV DASTURINING TAHLILIY MUAMMOLARI, IZLANISHLARI, YECHIMLARI Популярные

Владелец Число скачиваний: 398

Surxondaryo VXTXQTMOI katta o’qituvchisi B.Xurramov

Surxondaryo VXTXQTMOI katta o’qituvchisi N.Xudoyberdiyev

Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi milliy ta’lim modelining muhim tarkibiy qismi sifatida ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari tomonidan yangi ma’lumotlarni, yangi bilim, yangi ko’nikma va malakalarni olishning bosh manbai hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bugungi kunda ham dolzarb bo’lgan “...bugun farzandlarimizga kimlar ta’lim-tarbiya berayotgani, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi qanday tashkil etilayotgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu masala umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limini isloh qilish tizimining eng dolzarb vazifasi bo’lmog’i zarur” ,-degan fikrlari pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga berilayotgan e’tiborning qay darajada muhim ekanligini namoyon qilib turibdi.