pdf O’ZBEK TILARDA METAFORA HODISASI Популярные

Владелец Число скачиваний: 442

Хасанова Камила Бахтиёровна

Город Термез Узбекистан

O’zbek tilshunosligini stilistik uslublarsiz tassavvur qilib bo'lmaydi. Turli stilistik uslublar sarasida leksik stilistik uslublar muammosi nisbatan chuqurroq o'rganilgan bo'lsada, hanuzgacha bu sohaning o’rganilmagan qirralari talaygina. Shunday bir mavzulardan biri biri metaforadir. Metafora (grekchadan “ko'chma nom”, “ko'chirish”) hodisasi tilshunoslikda bir narsa nomining ikkinchi narsaga shakl, rang va boshqa biror jihatdan o'xshashligi asosida ko'chirilishi sifatida talqin qilinadi. So'zlar asli nomlar hisoblanadi. Ko'chma ma'nolar so'zning mana shu ma'nosi negizida paydo bo'ladi. Bir xil narsa yoki hodisani ifodalayotgan so'z boshqa hil narsa yoki hodisa ifodasi uchun qo'llana boshlaydi. O'zbek tiliga arab tilidan o'zlashgan «istiora» atamasi – asosiy lug’aviy mantiqiy va ko'chma-matniy ma'nolarining o'zaro munosabatiga asoslangan stilistik uslub sifatida tushuniladi.