Hasanova Norxol Rabbimovna,
Yuldasheva Yulduz Javliyevna -
O’zbekiston Respublikasi,
Qashqadaryo VXTXQTMOI o’qituvchilari.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go‘zallikni his etaman» ma’nosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish, to‘g‘ri tushunishni o‘rgatish, ularning estetik didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, shuningdek, go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Nozik didli bo’lish, go’zallikni fahmlay olish va qadrlash, badiiy madaniyatni tushunish, xullas, o’z hayotini go’zallik qonunlari asosida qura olish barkamol insonning eng zaruriy fazilatidir.