pdf IQTISOD YO’NALISHIDA TA’LIM OLAYOTGAN KO’LLEJ O’QUVCHILARIGA INGLIZ TILI DARSLARIDA IQTISODIY ATAMALARNI O’RGATISH MASALALARI Популярные

Владелец Число скачиваний: 426

Zohidov Oybek Elbek o’g’li

Toshkent, O’zbekiston

Akademik litsey va kollej o’rtasidagi asosiy farq shundaki akademik litsey o’quvchilarni oliy o’quv yurtlariga kirishga tayyorlaydi. Kollejning asosiy vazifasi esa bitiruvchilarni kasbga tayyorlash, o’z sohasida mutahasis bo’lib yetishishlarida ularga boshlang’ich, bazaviy bilimlarni berishdan iboratdir. Kollejdagi har bir fan shu maqsadlarga yo’naltirilgani kabi ingliz tili fanini o’qitish ham bundan mustasno emas. Kollejdagi ingliz tili o’qituvchilarining vazifasi kollej o’quvchilariga oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonidagi testlarni o’rgatish, ularni oliygohlarga tayyorlash emas, balki o’z mutahasisliklari bo’yicha ingliz tilida bemalol so’zlay oladigan, o’z fikrlarini erkin bayon etishga tayyor, kasbiy so’z boyligiga ega kadrlar qilib yetishtirishdan iborat.