Владелец Алина Число скачиваний: 496
Zulfizar Tashanova,
Jizzakh, Uzbekistan
Olmosh deb boshqa so‘z turkumlari, gap, so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llaniluvchi so‘zlarga aytiladi. Bu so‘z turkumini tilshunoslikning morfologiya bo‘limida o‘rganamiz.Olmoshlar aloqa vositasida juda muhim rol o‘ynaydigan so‘zlar hisoblanadi va boshqa turkumdagi so‘zlarga nisbatan juda keng qo‘llanishi bilan xarakterlanadi. Bu hodisa ularningmavhum xarakterga ega ekanligidan kelib chiqqan. Shuning uchun ularni ichi bo‘sh so‘zlar deb ham yuritamiz.Ular nutqda bir so‘zning takrorlanishidan qutqaradi va nutqimizni chiroyli, ravon qiladi. Barcha tillarda olmosh so‘z turkumimavjud. Faqat ular o‘rtasida farqli va o‘xshash jihatlar mavjud. Ingliz va o‘zbek tillarini qiyoslab, quyida tahlil qilishga harakat qidik. O‘zbek tilida olmoshlar ma’nosiga ko‘ra quyidagi yetti guruhga bo‘linadi.