Владелец Алина Число скачиваний: 285
Turopova Lola Suyunovna
Beknazarova Madina
Qarshi davlat universiteti
So‘roq tushunchasining tarixi uzoq va uning lisoniy hodisa sifatida yuzaga kelishi insonning olamni bilish ehtiyoji o‘sishi bilan bog‘liq. So‘roq hodisasining shu nuqtai nazardan o‘rganilishi bilan faylasuflar, mantiqshunoslar band bo‘lishib, ushbu tushunchaning bilish nazariyasidagi o‘rni, savolning mantiqiy (semantika) va strukturasi va uning to‘g‘ri tuzilishi masalalari muhokama qilib kelindi. So‘roq gaplar so‘zlovchining tinglovchidan o‘ziga noma’lum va noaniq biror narsa-predmet yoki voqea-hodisa haqida ma’lumot talab qiladigan murojaatini ifoda etadi. Bunda murojaat so‘roq yo‘li bilan beriladi va tinglovchidan shu so‘roqqa javob kutiladi.