pdf O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA STILISTIK IFODA VOSITALARINING GAPDA QO’LLANISHIGA KO’RA TURLARI Популярные

Владелец Число скачиваний: 346

Husanova Ruqiya Hushvaqtovna

Raximov Abror Maxmudovich

Qarshi DU (Uzbekistan)

Stilistika tilshunoslikning ajralmas qismi bo‘lib, u badiiy nutqning ifodalanish uslublari, ularning ta’sirchanligi va umuman inson nutqini o‘rganadigan fandir. Tilshunoslikda ifoda va uslubiy vosita atamalari mavjud. Nutqni emotsional yoki mantiqan kuchaytirishga xizmat qiladigan fonеtik, morfologik, sintaktik va so‘z yasovchi qo‘shimchalar tilning ifoda vositalari hisoblanadi. Fonеtik ifoda vositalari ohang, emfatik urg’u kabilar bo’lib, badiiy adabiyotda ifodalilikni ta'minlash, asar ohangdorligini oshirish maqsadida tovushlarni almashtirib qo‘llash uchun xizmat qiladi: qora-qara, ora-aro, baravar-barobar, shakar-shakkar, maza-mazza kabilar. Bunday fonеtik vositalar shе'riyatga xos bo‘lib, ayniqsa g‘azal janrida kеng qo‘llanadi.