Владелец Алина Число скачиваний: 432
Авезова Дилдора Давлатовна
Ташкент,Узбекистан
Yigirma birinchi asr ilg’or texnologiyalar, hamda fan ta’lim rivoji asri deb yuritilayotgan davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu bilan birga chet tillarini bilish shu davrda yashayotgan har bir yosh avlodni zamon talablariga mos kadr bo’lib yetishishishlari uchun zaruriy omil hisoblanadi. Yurtboshimiz tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni hayotimizning barcha jabhalariga kengroq joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi va shu sohada yuqori natijalarga erishish oldimizga maqsad qilib quyildi. Albatta, bu maqsadlarga erishishda ya’ni, davr talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlashda birinchi navbatda barcha ta’lim muassasalari fan o’qituvchilarining roli g’oyatda muhim.