pdf HORIJIY TILLARNI O’QITILAYOTGAN MASHG’ULOTLARDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH Популярные

Владелец Число скачиваний: 446

Erkayeva Soliha Asqar qizi O’zDJTU magistranti

(O’zbekiston)

Bizga ma’lumki, asrlar davomida o’qitish deganda, ma’lum bilimlar yig’indisini egallash ko’zda tutilgan. Hozirda esa dunyo taraqqiyoti davrida inson tafakkuri ham shu darajada taraqqiy etmoqdaki, kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarish sohasida, yangi til o’qitilishiga ham kiritilishi zamon talabi bo’lib qolmoqda. Chet tilini mukammal o’rganishda dars jarayonida kompyuter texnologiyalari, shuningdek barcha boshqa yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yuqori natija va samara bermoqda. Hozirda talabalarga chet tilini o’rgatishning turli xil yangi pedagogik uslublari mavjud bo’lib, bular talabalarni kelajakda barkamol yetuk kadr bo’lib yetishishlarida yaqindan yordam beradi.