Владелец Алина
Эргашева Хилола
(Коканд, Узбекистан)
Geometrik malaka qanday shakllantiriladi? Birinchi bosqichda takroriy mashqlarni bajarish jarayonida geometrik harakatlarning ketma – ket bajariluvchi guruhi malaka sifatida birlashadi. Masalan, 9 sinf stereometriya kursida shakllantirilgan stereometriya tushunchalarini akademik litsey o`quvchilari tomonidan o`zlashtirish malakasini rivojlanishini ko`rib chiqaylik. O`rganiladigan stereometriya kursida boshlang`ich to`rtta tushuncha kiritiladi: nuqta, to`g`ri chiziq, tekislik, nuqtadan nuqtagacha bo`lgan masofa. Garchi bu tushunchalar ta`riflanmasa ham nuqta, to`g`ri chiziq va tekislikning fazoviy modellarini aniq tasvirlash mumkin. Nuqtalar orasidagi masofa – kattalik. Agar birlik o`lchamni tanlab olinsa, u holda har bir ikkita har xil nuqtalarga mos ravishda musbat sonni qo`yish mumkin – ular orasidagi masofani. Agar nuqtalar ustma – ust tushsa masofa nolga teng. O`lchov birligini tanlash, masofaga sonlarni solishtirish – bu endi shartlar, ularni almashtirish bilan biz turli natijalar olamiz va bu ham o`ziga xos mashq bo`lib, mos geometrik malakani rivojlantiradi – aniqlanmaydigan tushunchani ko`rsatib bera olish.