default BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TA’LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISHNING DOLZARB VAZIFALARI

Владелец

Иминова РаънохонНаманган, Узбекистан

Boshlang’ich – ta’limning poydevori ekanligi, har bir ta’lim sohasidagi mutaxassisiga ma’lum. Shunday ekan, boshlang’ich ta’limda ta’lim-tarbiya ishlari to’g’ri yo’lga qo’yish va tashkil etishni talab etadi. Olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlab, qabul qilinar ekan, har bir bolaning shifokorlar tibbiy xulosasiga ko’ra qabul qilinadi. Shunga asosan, sinf qabul qilayotgan o’qituvchi bolalarning layoqatiga qarab, guruhlarga ajratadi. Buni qanday ajratish mumkin? Buning uchun test va turli topshiriqlar berish bilan aniqlash mumkin. Misol uchun, odam rasmini chizishni topshiriq qilib bering. Rasmning chizilishiga ko’rsatma va yordam bermang. Qaysidir o’quvchi oddiy, sochsiz, kiyimsiz odam shaklini chizadi.