Владелец Алина Число скачиваний: 521
Axmadjonova M., Sobirov X., Ernazarova M.
Узбекистан, Город Каканд
Duragayning birinchi avlodi ota-ona formalariga nisbatan yuqori hosilli va hayotchan bo’lishi geterozis deyiladi. Bu terminni 1914 yilda amerika genetigi V. SHell fanga kiritgan. Geterozisni birinchi marta Peterburg Fanlar Akademiyasining a’zosi I.G.Kelreyter 1760 yilda tamaki va nos tamakini chatishtirib olingan turlararo duragayda kuzatgan. Olingan duragay hayotchan, kuchli rivojlanib, yuqori hosilli bo’lgani uchun I.Kelreyter undan amalda foydalanish yo’lini ishlab chiqishga kirishadi va duragay urug’lardan bir marta (faqat birinchi bo’g’inda) foydalanish mumkinligini aniqlagan.