Владелец Алина Число скачиваний: 1220
Qayumova Sitora Norpo’lat
qizi O’zbekiston, Jizzax sh.
Biz deyarli barcha sohada o’nlik sanoq sistemasidagi sonlardan foydalanamiz. Lekin bizga ma’lumki faqat o’nlik sanoq sistemasi emas balki ikkilik, uchlik, to’rtlik… sanoq sistemalari ham bor bo’lib, bular ichida biz eng ko’p duch kelgadiganimiz EHM da qo’llaniladigan ikkilik sanoq sistemasidir. Bu sanoq sistemalaridagi sonlar bilan ham biz o’nlik sanoq sistemasida o’rgangan barcha matematik amallarni bajarishimiz mumkin. Hatto bu sanoq sistemalarida ham kasrlar, aralash sonlar, o’nli kasrlar, davriy o’nli kasrlar, aralash davriy o’nli kasrlar bo’lib va nodavriy o’nli kasrlar ularni shu sanoq sistemasida oddiy kasr ko’rinishiga o’tkazishimiz mumkin ekan. Keling oldin bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga qanday o’tish mumkin ekanligini yodga olsak.