pdf BARKAMOL SHAXS SHAKLLANISHIDA OILADAGI SOG‘LOM MUHITNING AXAMIYATI Популярные

Владелец Число скачиваний: 413

Ochilov Og’abek Narzullayevich

Qashqadaryo VXTXQTMOI (O’zbekiston)

Rahmatullayeva Zuhra Rahmatullayevna

G’uzor tumani 2 – son davlat ixtisoslashtirilgan

maxsus maktabgacha ta’lim mudirasi

Kelajagimizning qanday bо‘lishi biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog‘liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi oiladir. Oila jamiyatning bir bо‘lagi, u butun insoniyat va har bir xalq taraqqiyotining beshigidir. Vatan mehri va gо‘zalligini anglash ham oiladan boshlanadi. Inson borki, tug‘ilgan kunidan boshlab, о‘zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini oilada qondiradi. Shunday ekan, oiladagi muhitning qay tarzda bо‘lishi bolaning tarbiyasiga ta’sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Milliy mafkuramizga mos bо‘lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida shakllanadi. Bu jarayon bobolar о‘giti, ota ibrati va ona mehri orqali amalga oshiriladi. Demak, oiladagi sog‘lom muhit sog‘lom avlod tarbiyasining muhim manbai sanaladi.