Владелец Алина Число скачиваний: 397
B.X.KARIMOVA, N.N.HAMROYEVA Termiz,
O`zbekiston O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbollari va yo’nalishlarini belgilab berdi. Shuningdek, uzluksiz ta’limda ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Bu borada esa ulkan vazifa barkamol avlod ta’lim-tarbiyasini yuqori darajada tashkil etish edi. Ushbu mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirish uchun uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi. Davlatimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga berilayotgan bunday katta e’tibor ta’lim tizimi va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni belgilab berdi. Ushbu vazifalarni bajarish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Shunday ekan ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish har bir pedagog oldida turgan muhim masalalardan biridir.