pdf O’QITUVCHINING INTERFAOL METODLARNI QO’LLASHDAGI TAYYORGARLIGI Популярные

Владелец Число скачиваний: 411

Zaripova Muslima Qurbonovna

Qashqadaryo VXTXQTMOI o’qituvchisi (O’zbekiston)

Rahmonqulov Jonibek Abdurazzoq

o’g’li Qarshi DU talabasi

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur bilim beridagin, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lgan, huquqiy demokratik jamiyat a'zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr yuritishga o’rgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan. “Ilgari biror bir mamlakatning taraqqiyoti va kuch-qudratini ifodalash va baholash uchun uning mavjud bo’lgan tabiiy boyliklari va iqtisodiy salohiyati haqida so’z yuritilar edi. Bugun dunyo taraqqiyotning shunday bosqichiga qadam qoydiki, har qanday millat va davlat imkoniyatlarining hal qiluvchi belgisi - bu ma'rifat, insonlarning intellektual, kasbiy va ma'naviy salohiyatidir”- deb ta'kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov.