Владелец Алина Число скачиваний: 363
Абдуллаев С, Абдуллаева Х.
Фергана, Узбекистан
Bugungi zamon globallashuvi jarayonida kimki axborotga egalik qilsa, o‘sha dunyoga hukmronlik qiladi, degan ibora bejiz paydo bo‘lgani yo‘q. Ayniqsa, ma'naviy tahdidga, yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari avj olsa olaptiki, aslo pasaymayapti. Ba'zi bir g‘arazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanib kelinmoqda. Ayniqsa, axborot xurujlarining yolg‘on axborot tarqatish, ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga mutlaqo yot bo‘lgan begona qadriyatlarni targ‘ib etish, xalqning tarixiy xotirasini buzish va o‘zgartirish, kiberterrorizm kabi turlari keng tarqalmoqda.