pdf QARSHI VOHASI AHOLISI ETNIK TARIXIDAN LAVHALAR Популярные

Владелец Число скачиваний: 403

Yuldoshev Bekmirza Elmurodivich,

Husanov Obidjon Ibodullayevich

Qashqadaryo VXTXQTMOI (O’zbekiston)

О‘zbekistonning 24 yillik mustaqil taraqqiyoti davomida о‘zbek xalqi etnologiyasining kо‘pgina dolzarb masalalari yangicha yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan xolis va haqqoniy yechimini topa boshladi. Ayniqsa, bu jarayon о‘zbek davlatchiligi tarixi, uning etnogenezi masalalarini о‘rganish davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgandan sо‘ng yangicha mazmun kasb etdi. Zero, О‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tо‘g‘ri ta’kidlab о‘tganidek, «Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bо‘lganligini butun jahon tan olmoqda» [2.49] Nafaqat О‘zbekistonning davlatchilik tarixini, balki alohida hududlar misolida aholining etnik tarkibi va shakllanish jarayonini yaqqol aks ettirgan shaharlar va tumanlar etnologiyasini tiklash ham muhim bо‘lib qoldi.