Владелец Алина Число скачиваний: 374
B.N. Doniyorov
g. Buxara, Uzbekistan
Inson dunyoga kelibdiki, ko’z ochib tabiatni ko’radi, uning so’lim bag’rida o’sadi, ulg’ayadi va hayot kechiradi. Shuning uchun ham “tabiat”ni insonning onasi deymiz. Tabiatni muhofaza qilish, ekologik talablarga har doim rioya etish, ekologik halokatlarning oldini olish, biologik xilma-xillikni saqlab qolish bilan bog’liq muammolari o’tgan XX asrdan merosdek, XXI asr boshida ham umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan muammo sifatida e’tirof etilmoqda. Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etishda, insonlarning ekologik-huquqiy savodxonligini, ongini, saviyasini, ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyasini, madaniyatini yuksaltirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.