pdf BUXORO VOHASI ATROFIDAGI QADIMIY KANPIRAK DEVORI Популярные

Владелец Число скачиваний: 473

Murodova Dilrabo Shomurodovna

Buxoro, O`zbekiston

Hozirgi O’zbekistonning ko’pgina vohalari kabi Zarafshon daryosi vodiysida ham juda qadim zamonlardan boshlab sug’orma dehqonchilikka asoslangan o’troq madaniy hayot rivojlanib kelgan. Qadimgi Buxoro vohasining hukmdorlari vohaning obod shaharlari, gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari, bog’- rog’larini vohadan tashqarida yashagan ko’chmanchi-qabila galalarining bosqinchilik va talonchilik hujumlaridan saqlash hamda ko’chmanchi-chorvachi qabilalarning voha aholisining ichki siyosiy hayotiga aralahuviga yo’l qo’ymay, ular o’rtasida to’siq hosil qilish va o’troq aholini ko’chmanchi qabilalar yordamidan mahrum qilib, ularni doimiy itoatkorlikda saqlash maqsadida aholining kuch va mablag’lari hisobiga majburiy ijtimoiy hashar usulida voha atrofini mustahkam mudofaa devori bilan o’rab olganlar.