pdf ASHTARXONIYLAR VA BOBURIYLARNING SIYOSIY MUNOSABATLARI Популярные

Владелец Число скачиваний: 465

Halimov Tal’at To’rayevich

Бухара, Узбекистан

Har qanday davlat o‘z mavqeini mustahkamlash va jahon siyosiy hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun siyosiy ittifoqdoshlikdan manfaatdor ekanligi tarixdan ma’lum. Shu sabab azal-azaldan hukmdorlar o‘z davrining buyuk davlatlari bilan elchilik, savdo-iqtisodiy va siyosiy aloqalarni o‘rnatishga intilganlar. O’rta Osiyo xalqlari ham o’zining minglab yillik tarixi davomida juda ko’p qo’shni xalqlar bilan madaniy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarni olib borganlar. Boy qadimiy tarixga ega bo’lgan Hindiston mana shular jumlasidandir.