Архив
26-27 марта 2016
Педагогика
NOFILOLOGIK OLIY O’QUV YURTLARIDA INGLIZ TILIDA OG’ZAKI NUTQNI O’RGATISH BO’YICHA TALABLAR
Владелец Алина Число скачиваний: 563
Akbarova Iroda Akramovna
(Qarshi, O’zbekiston)
Ma’lumki, jahon xalqlari erishgan boy fan-texnika yutuqlaridan bahramand bo’lish uchun xorijiy tillarni o’rganish zarurdir, chunki ilmiy-texnikaviy axborot (informatsiya) til orqali o’zlashtiriladi. Hozirgi paytda mutaxassislar tayyorlashda chet til predmetining o’rnini hech kim inkor etmaydi va biror bir chet tilni bilish oliy hamda o’rta maxsus o’quv yurtini tugatayotgan mutaxassis umumiy madaniyatining ajralmas bo’lagi ekanligi barchaga ma’lumdir [1:222 s.]