pdf “BO’LG’USI TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT O’QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA MILLIY ME’ROSNING O’RNI” Популярные

Владелец Число скачиваний: 273

Istamov Zavqiddin Sa’dullayevich

Samarqand, O’zbekiston

Mustaqillik g’oyasi jamiyatdagi har bir shaxsni e’tiqodiga aylanishi taraqqiyotimizni bosh maqsadlaridan biridir. Bu masalani hal etishda ta’lim-tarbiyani ahamiyati juda katta bo’lib, bu haqda Prezidentimiz I.Karimov shunday degan edi: “Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohatlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqoralar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib borishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va ma’orifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi”.[I.Karimov.“Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”.2-t -T.:O’zbekiston, 1996y.15-b.]