pdf TASVIRIY SAN’ATDA PORTRET JANRI IJODKORLARI HAQIDA. Популярные

Владелец Число скачиваний: 699

Шукурова Лобар Абдуллажонова

Рухсора Нумонжонова Шохсанам

Фергана, Узбекистан

Portret - inson obrazini tasviriy san’atda yaratiish janri hisoblanadi. Ma’lumki, har bir davrning usta rassomlari bo’lib, portret asarlarida zamondoshlarining go’zal qiyofasini, obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga me’ros qilib qoldirishgan. Uyg’onish davrining buyuk namoyondasi Lenardo do Vinchining «Avtoportret», «Djakonda» asari, Velaskesning «Papa Inokentiy X» portreti shular jumlasidandir. XVII asrda Yevropada portret janrining buyuk darg’alari yetishib chiqdi. Bunga Velaskezning shoh asari «Papa Innokentiy X» portretini misol keltirish mumkin. «Innokentiy X» - ulug’, zabardast, ifodali shaxs obrazini benuqson, professional mahorat bilan yaratgan. Portretda ichki psixologik holat, rang KOLORIT faktura, yuz qiyofasi tasviriga katta ahamiyat berilgan. Portret tomoshabin qalbidan chuqur o’rin olgan. Shuning uchun Velaskezning yaratgan bu buyuk asari durdona sifatida Yevropa muzeylarida saqlanib kelmoqda. Har bir rassomning o’z ichki dunyosi, dunyoqarashi mavjud. Ijodkor qanchalik ma’naviy boy bo’lsa, ijod ifodasi yuqori saviyada bo’ladi. Yevropa muzeylarida Golbeyn, Rembrant, Titsian, Rafael, Batichelli