Владелец Алина Число скачиваний: 257
dots. Qosimova Ra’no Axmedovna
(Samarqand, O’zbekiston)
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida barcha sohalarda mutaxassislarni tarbiyalab yetishitirish, ularning ma’naviy va jismoniy barkamolligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlarida o’quvchi yoshlar va talabalarni har tomonlama yetuk darajada bo’lishlari uchun jismoniy tarbiya darslarini maqsadli ravishda ya’ni, kasb-hunar bo’yicha tashkil qilish ko’zda tutiladi. Yurtimizning mustaqillik davrigacha oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida jismoniy tarbiya dasturlarida yagona tartib va mazmun mavjud edi. Bunda bo’lajak mutaxassislarning kasb jihatdan jismoniy tayyorgarliklari alohida e’tiborga olinmagan edi, qaysi sohadagi talaba va o’quvchi bo’lmasin, faqat ularning umumiy, jismoniy tayyorgarliklarigina ta’minlangan edi xolos. Bu holatlar hozir ham ba’zi o’quv yurtlarida davom etmoqda. Chunki, iqtisosliklarni hisobga olgan holda kasb-hunarga tayyorlashda amaliy, jismoniy tayyorgarlik dasturlari mukammal ravishda ishlab chiqilmagan.