pdf TALABALARNING IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHDA OILA HAMKORLIGI Популярные

Владелец Число скачиваний: 286

Egamnazarov Murod Yusupovich

(Jizzax, O’zbekiston)

Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so’ng har jabxada katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Bugungi kunda biz yoshlarga yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar juda ham ko’p. muxtaram prezidentimiz kelajakni biz yoshlarga ishonib mana shunday shart – sharoitlarni yaratib bermoqda. Biz yoshlarning shaxs ijtimoiy faolligi va shaxdamligini oshirish uchun yaratilgan shart – sharoit mehnat va ta’lim tarbiya xizmatlari bozoriga tayyorgarligini ta’minlaydi. Mana shu yo’l orqali shaxs ta’lim jarayonining obektidan uning subektiga unda amal qiluvchi asosiy kishiga aylanadi. O’qituvchining “Hukmronlik” qilishi ta’lim muassasasidagi ma’muriyatchilik barham topadi. “Hamkorlik” pedagogikasi joriy etiladi “O’quvchilarni hayotga tayyorlash” prinsipi o’rniga “Ta’limning barcha pog’analaridagi o’quvchilar o’qish davrining o’zidayoq to’laqonli faol hayot kechirmoqdalar” degan prinsip yuzaga keladi. Uni hayotga joriy etish ta’lim sohasi ishtirokchilarining vazifasi bo’lib qoladi. Ayni mana shu yo’qinda shaxsda ijtimoiy faollik va shaxdamlik shakllanadi[1, 252].