pdf DARS TAHLILIGA KIRISH VA UNI TAHLIL ETISH TEXNIKASI Популярные

Владелец Число скачиваний: 563

Safarova Mohidil Axmadovna

O’zbekiston Qashqadaryo XTXQTMOI

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim mazmuniga qo’yiladigan talablar yanada kuchaydi. O’tkazilayotgan ijtimoiy tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, bugungi o’quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshirish maqsadida o’qituvchining kuchli bilimi va interfaol usullar orqali erishish mumkin bu esa dars mobaynida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosabatga bog’liqdir. Hozirgi pedagogika fani oldida ta’limning tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish muammolari turibdi. Shunday vaziyatda, ba’zan o’qituvchining tashqi ko’rinishi ham tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Lekin bularning ichida eng muhimi va o’quvchi uchun eng ahamiyatlisi o’qituvchining bilmdonligi, yangilik va dunyoviy bilimlarga chanqoqligi, uning so’zi bilan ishining muvofiq kelishi, o’quvchilarni izlanishga, bilimlarni mustaqil egallashiga, har bir fanning mohiyatini tushinishga, ishga ijodiy yondashishga undashi va erkin fikrlashi hamda mustaqil ishlashiga sharoit yaratishi, pedagogik texnologiya va interfaol metodlarni to’g’ri tanlab ishlata olishi bilan belgilanadi.