Владелец Алина Число скачиваний: 451
Shukurov Otabek, filologiya fanlari nomzodi,
Qarshi davlat universiteti katta o’qituvchisi (O’zbekiston)
O’zbek tilshunosligida grammatik shakllar sirasida bo‘lgan morfologik qo‘shimchalar tasnifi o‘rta va oliy ta’lim grammatik tizimining muhim tushunchalaridan biri bo‘lganligi bois bugungacha dolzarb mavzu bo‘lib kelmoqda. Uzoq vaqt davomida morfologik ko‘rsatkichlar tasnifi dastlab arab, keyinchalik rus tili andazalariga moslangan holda izohlab kelindi. Shunga muvofiq, morfologik qo‘shimchalar ikki guruh, ya’ni so‘z o‘zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi guruhlarga ajratilar edi.